2023-08-17 15:30:15

Uchinchi shaxslarga ishonmang!

⚡️Toshkentdagi AQSh elchixonasi Green Card g'oliblarini ogohlantirdi

Toshkentdagi AQSh elchixonasi Diversity Visa (Green Card) g'olib bo'lganlarga murojaat yo'lladi

Green Card g'oliblarini viza suhbati vaqtida soxta hujjatlarni taqdim etish, viza uchun bir umrlik cheklov olishga sabab bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

"O'zingizni, viza uchun bir umrlik rad etilish xavfi ostida qoldirmang. Viza olish uchun murojaat vaqtida, soxta hujjat yoki yolg'on ma'lumot taqdim etishni tavsiya qilayotgan uchinchi shaxslarga ishonib qolmang", - deyiladi xabarda.